ISTE’DODLI YOSHLAR – JAHON SAHNASIDA

ISTE’DODLI YOSHLAR – JAHON SAHNASIDA

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirining 180-sonli buyrug‘iga asosan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Munira Aminova qo‘l ostida tahsil olayotgan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “Maxsus fortepiano” (organ) yo‘nalishi 2 bosqich magistranti Bobur Mirsaidov bilan birga xalqaro tanlovda ishtirok etish uchun Italiyaning Rim shahriga jo‘nab ketishgan edi.

Rim shahrining nufuzli «Musica Sacra Academic» zalida bo‘lib o‘tgan «Primavera Romana» nomli Xalkaro musiqachilar tanlovida ishtirok etgan Bobur Mirsaidov o‘z mahoratini namoyish etib, uning ijro mahorati hakamlar hay’ati tomonidan alohida e’tirof etildi hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasida “Maxsus fortepiano” (organ) yo‘nalishi 2 bosqich magistranti Bobur Mirsaidov «Primavera Romana» nomli Xalqaro musiqachilar tanlovining faxrli 1 o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Yoshlarning erishayotgan bu kabi natijalarini ko‘rib, sohada tahsil olayotgan yoshlarga e’tibor naqadar tahsinga loyiq ekanligini e’tirof etasiz.

Ijodiy zafarlar tilab, bu g‘alaba bilan seni tabriklaymiz Bobur !

 

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Matbuot xizmati

Share