O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 18 dekabrdagi Oliy Majlisiga murojaatnomasiga bag‘ishlangan davra suhbati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 18 dekabrdagi Oliy Majlisiga murojaatnomasiga bag‘ishlangan davra suhbati

Joriy yilning 1 aprel kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talaba-yoshlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi, shuningdek, Oliy Majlis sessiyalari materiallari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarorlarining mazmun-mohiyatini tanishtirib borish maqsadida davra suhbati tashkil etildi. Unda konservatoriya Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Feruza Qurbonova, BMFAXXD fakulteti dekani, falsafa fanlari nomzodi Davlat Himmatov, shuningdek, dekan muovinlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

D.Himmatov o‘z nutqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 18 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga murojaatnomasida qayd etilgan ochiq iqtisodiyot, sog‘lom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash hamda zarur sharoitlar yaratish, xususiy sektorni jadal rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish, sog‘liqni saqlash sohasi, maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish kabi bir qator muhim vazifalar yuzasidan taqdimot shaklida ma’lumotlar berib o‘tdi.

 

 

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Matbuot xizmati

Share