OCHIQ ESHIKLAR KUNI

OCHIQ ESHIKLAR KUNI

Mamlakatimizda yoshlarni kasbga yo‘naltirish, ularning o‘z tanlagan sohasining yetuk mutaxasisi bo‘lishlariga ko‘maklashish, shuningdek, ularni o‘z qiziqqan sohalarida qo‘llab-quvvatlash borasida samarali ishlar olib borilmoda.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida bu borada bir qator loyihalar amalga oshirilayotgan bo‘lib, ulardan biri kuni kecha maktablarda tahsil olyotgan o‘quvchi yoshlar uchun o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni”dir. Bu loyihada V.Uspenskiy hamda R.Glier nomidagi RIMALda tahsil olayotgan120 nafarga yaqin o‘quvchi yoshlar ishtirok etishdi. Ular konservatoriyada o‘qish va bilim olish uchun yaratilgan shart-sharoitlarbilan yaqindan tanishtirildi. Hususan, konservatoriyaning o‘quv xonalari, fonoteka, axborot-resurs markazi faoliyati hamda konsert zallarini ko‘zdan kechirishdi hamda bu borada maxlumotlarga ega bo‘lishdi. Ushbu loyihada ishtirok etgan o‘quvchi yoshlarda konservatoriyaning cholg‘u sozlari muzeyida saqlanayotgan eksponatlar alohida qiziqish uyg‘otdi. Ularga dekan muovinlari, professor-o‘qituvchilar hamrohlik qilishib, ma’lumotlarni o‘quvchi yoshlarga taqdim etishdi.

Bu kabi “ochiq eshiklar”ning o‘tkazilishi, o‘sib kelayotgan yosh avlodni kasbga muhabbatlari oshishida va bu yo‘lda ko‘proq mehnat qilishga undaydi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Matbuot xizmati

Share