O‘ZBEKISTON BO‘YLAB SAYОHAT QIL

O‘ZBEKISTON BO‘YLAB SAYОHAT QIL

Yurtimizda turizmni rivojlantirish borasida samarali ishlar olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2018 yil 7 fevral kuni imzolangan “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3514 sonli qarori bu burada dasturi amal bo‘lib xizmat qilmoqda.

Qarorda yoshlarning ichki turizmdagi faol ishtiroki ham alohida qayd etilgan bo‘lib, ushbu qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 22 mart kuni O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining konservatoriyadagi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahriga talaba-yoshlarning sayohatlari tashkil etildi. Unda konservatoriyada tahsil olayotgan 45 nafar faol-talaba yoshlar ishtirok etishdi.

Sayohat davomida ular Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Hazrati Doniyor maqbari, Shohi Zinda majmuasi, Go‘ri Amir maqbarasi, Bibixonim masjidi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov maqbarisida bo‘lishdi hamdao‘tganlarni yod etib duo qilishdi.

So‘ngi sayohat manzili hadis ilmining asoschisi Imom al-Buxoriy maqbarasi bo‘lib, u yerda talaba-yoshlar mutaxasislardan Buxoriyning hayoti va mehnat faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Matbuot xizmati

Share