«ZAKOVAT» INTELLEKTUAL KLUBI FINAL O‘YINLARI

«ZAKOVAT» INTELLEKTUAL KLUBI FINAL O‘YINLARI

Joriy yilning 18 mart kuni O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining O‘zbekiston davlat konservatoriyasidagi boshlang‘ich tashkiloti qoshida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual klubining birinchi mavsumining final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Unda Yoshlar ittifoqining Shayxontoҳur tumani Maҳalliy Kengashi raisi Javoҳir Arslonov, kengashning ma’sul xodimi Nodira Karabaeva, falsafa fanlari nomzodi Davlat Ximmatov, Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Baxtiyor Ashurov ҳamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

O‘yinlar uch bosqichda bo‘lib o‘tdi. Chorak finalda 12 ta jamoa ishtirok etgan bo‘lsa, yarim final bosqichida 8 ta jamoa va yakuniy final o‘yinlarida 4ta jamoa ishtirok etdi. Ҳar bir turda 11tadan savollar o‘qib berildi. Jamoalar savollarga to‘g‘ri javobni taqdim etishdi. To‘plangan ballar ҳisoblanib, eng kam ball to‘plagan jamoa o‘yinni tark etdi ҳamda final o‘yinining yakuniga ko‘ra “Damli cholg‘ular” yo‘nalishining 4-bosqich talabalaridan iborat jamoa g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Yaqin kunlardan ikkinchi mavsum o‘yinlariga start beriladi.

 

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Matbuot xizmati

Share

Tavsiya etilgan