YOSHLAR XALQ ChOLG‘ULARI ORKESTRI KONSERT DASTURI

YOSHLAR XALQ ChOLG‘ULARI ORKESTRI KONSERT DASTURI

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining katta zalida “Vokal va cholg‘u ijrochiligi pedagoglari tayyorlash” va “Xalq cholg‘ularida ijrochilik” kafedrasi hamkorlikda Ulug‘bek Isaev rahbarligidagi Yoshlar xalq cholg‘ulari orkestrining konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Konsert dasturi avvalida konservatoriya foesida milliy cholg‘ular va hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmani O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – konservatoriya rektori Baxtiyor Sayfullaev ko‘zdan kechirdi. Ularga o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Avaz Mansurov, moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor Ilhom Tursunboevlar hamrohlik qilishdi. Madaniyat vaziri – tashkilotchilarga o‘zining tavsiyalarini bildirib o‘tdi.

Konsert dasturini o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Avaz Mansurov ochib berdi. A.Mansurov o‘z nutqida ushbu kafedralar bevosita muhtaram Prezidentimizning qarorlariga muvofiq tashkil etilganligi va hozirda samarali faoliyat olib borayotganligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Konsert dasturi davomida o‘zbek va jaxon musiqasidan asarlar ijro etildi.

 

 

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Matbuot xizmati

Share