KONSERVATORIYА FUTBOL KUBOGI FINAL O‘YINI

KONSERVATORIYА FUTBOL KUBOGI FINAL O‘YINI

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 11-16 mart kunlari O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining konservatoriyadagi boshlang‘ich tashkiloti tashabbus bilan “Konservatoriya futbol kubogi” sport musobaqalari o‘tkazilayotgan edi. 16 mart kuni musobaqaning final o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda “Damli va zarbli cholg‘ular” va “Xalq cholg‘ularida ijrochilik” yo‘nalishi jamoalari bellashdi. Qizg‘in o‘tgan bahslarda jamoalar katta g‘ayrat bilan o‘yin olib borishdi. Yakunda 6:1 hisobi bilan “Damli va zarbli cholg‘ular” yo‘nalishi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

 

O‘zbekison davlat konservatoriyasi Matbuot xizmati

Share