HUSH KELDING NAVRO‘Z

HUSH KELDING NAVRO‘Z

Yurtimizda shu kunlarda ko‘klamning eng go‘zal bayrami – Navro‘zi olam katta shodiyonalar bilan nishonlanmoqda. Hiyobon va maydonlarda turli milliy o‘yinlar, urf-odatlarimiz namoyish etilib, milliy taomlar tayyorlanib, bayram katta hursandchilik bilan kutib olinmoqda.

19 mart kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan Navro‘z bayrami bo‘lib o‘tdi. Konservatoriya mehnat jamoasi, jamoatchilik tashkilotlari vakillari ishtirok etgan tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – konservatoriya rektori Baxtiyor Sayfullaev ochib berdi. B.Sayfullaev o‘z nutqida – barchani Navro‘z bayrami bilan chin dildan muborakbod etib, ezgu tilaklarini bildirib o‘tdi.

Shundan so‘ng, konservatoriyaninig ma’naviy-ma’rifiy, jamoatchilik ishlari hamda mehnat faoliyatida samarali mehnat qilayotgan professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar faxriy yorliq hamda estalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. Shuningdek, Yoshlar ittifoqining konservatoriyadagi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “Konservatoriya futbol kubogi” sport musobaqasining g‘oliblari hamda boshlang‘ich tashkilot qoshida tashkil etilgan “Zakovat” intellekual klubining birinchi mavsum o‘yinlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoa a’zolari taqdirlandi. Ularga kubok, medal hamda diplomlar topshirildi.

Bayram davomida “Eng chiroyli Navro‘z milliy taomlar dasturxoni” nominatsiyasi bo‘yicha tanlov g‘oliblari ham maxsus diplom bilan taqdirlandi. Bayram dasturi o‘zbek estrada san’atining yorqin yulduzlari va ijodkor yoshlarning chiqishlari bilan davom etdi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Matbuot xizmati

Share