IJODKORLAR BILAN UCHRASHUV

IJODKORLAR BILAN UCHRASHUV

Joriy yilning 13 mart kuni O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi professori. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist A.R.Sharipova, “Musiqa tarixi va tanqidi” kafedrasi katta o‘qituvchisi, san’atshunoslik bo‘yicha falsafa doktori (PhD) M.F.Abrorova va bir guruh talabalar bilan birgalikda Surhondaryo viloyati Termiz davlat universiteti taklifiga binoan ijodiy uchrashuv o‘tkazdilar.

  1. Abrorovaning “Bilim bor joyda buyuklik bor” deb nomlangan ma’ruzasi hamda taqdimoti, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a’zosi, konservatoriya doktoranti, kompozitor A.Safarovning asarlari yig‘ilganlarning olqishlariga sabab bo‘ldi.

«Yilning eng ijodkor talabasi» nominatsiyasi g‘olibi, respublika va xalqaro tanlovlar sovrindori S.Azimov talabalarga o‘z taqdimotini namoyish etdi.   “Maxsus fortepiano” kafedrasi bitiruvchisi G.Tursunpo‘latovaning BMI yuzasidan tayyorlagan taqdimoti  talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ijodiy uchrashuvda konservatoriyaning 1-kurs talabasi J.Yarmetov M.Otajonovning “Amudaryo” asarini yuksak mahorat ila ijro etdi.

Ustoz-shogird an’analarini izchil davom ettirib kelayotgan professor. A.R.Sharipova o‘z kasbiga muhabbatni nafaqat shogirdlariga balki, o‘zga o‘quv yurtlari talabalariga ham o‘rgatayotgani quvonarli holdir. Termiz davlat universiteti rahbariyati A.R.Sharipova, M.Abrorova, A.Safarov, G.Tursunpo‘latova, S.Azimov va J.Yarmetovni tashakkurnomalar bilan taqdirladi. Tadbir so‘nggida qatnashchilar ezgu niyatlar ila Termiz davlat universiteti hovlisida ko‘chat ekib qaytdilar.

Share