Yashil Tashabbus

Yashil Tashabbus

Toshkent shahar hokimligi tomonidan shu kunlarda “Yashil tashabbus” eko-festivali tashkil etilib, ushbu loyiha hozirgi vaqtda qizg‘in davom etmoqda. 25 mart kuniga qadar davom etishi rejalashtirilgan ushbu loyihada yoshlar, mahalla faollari, shuningdek, madaniyat va san’at sohasining ko‘zga ko‘ringan ijodkorlari ishtirok etishdi.

Quvonarli jihati ushbu loyihada ko‘plab yoshlar katta g‘ayrat bilan ishtirok etishganidir. O‘zbekiston davlat konservatoriyasida tahsil olayotgan faol talaba-yoshlar ham shular jumlasidandir. Ular Shayxontohur tumanida joylashgan ko‘cha va hiyobonlarga daraxt ko‘chatlarini ekishdi va shaharimiz odobligiga o‘z hissalarini qo‘shishdi.

 

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Matbuot xizmati

Share