“O‘zbekiston:2030: Oliy ta’lim muassasalari kelajagiga nazar (Uzbekistan 2030: Shaping the university of tomorrow) mavzusidagi TADBIR

“O‘zbekiston:2030: Oliy ta’lim muassasalari kelajagiga nazar (Uzbekistan 2030: Shaping the university of tomorrow) mavzusidagi TADBIR

2019 yilning 14 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasida “O‘zbekiston:2030: Oliy ta’lim muassasalari kelajagiga nazar (Uzbekistan 2030: Shaping the university of tomorrow)mavzusidagi Oliy ta’lim muassasalari va iqtisodiyotning real sektorining sinergetik integratsiyasi yuzasidan forsayt” bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahridagi barcha oliy ta’lim muassalari rahbariyat hodimlari va talabalar, biznes sektori vakillari ishtirok etishdi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasidan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Gafurova Sayyora Akmalovna, Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘iAshurov Baxtiyor Shokirovich, 3-bosqich tayanch doktoranti Mirtolipova Iroda Mirtaxirovna, 2-bosqich tayanch doktorantiXaydarov Xumoyn Samijonovich,1-bosqich tayanch doktoranti  Islyamova Dilyara Rizaevna, 2-bosqich magistri Akramov Farrux Isomiddinovich hamda 1-bosqich magistriNuriddinova Soxibaxon Jamoliddin qizi qatnashdi.

Mazkur forsayt dasturini O‘zbekiston Respubliasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabar Abdusattarovich Abduvaxitov, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vaziri hamda Innovatsion rivojlanish vazir o‘rinbosarlari kirish so‘zlari bilan ochib berishdi.

Mazkur tadbir savol-javoblarga boy tarzda, onlayn rejimda mutaxassislar bilan bog‘langan holda yuqori darajada bo‘lib o‘tdi.

Share