2018-2019 o`quv yili talabalar folklor ekspeditsiyasi natijalariga bag`ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyasi

2018-2019 o`quv yili talabalar folklor ekspeditsiyasi natijalariga bag`ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyasi

2019 yilning 13 mart kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida “O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi” kafedrasi tomonidan 2018/2019 o‘quv yili talabalar folklor ekspeditsiyasi natijalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Ilmiy-amaliy konferensiya hay’at a’zolari tarkibi – O‘zbekiston davlat konservatoriyasining O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori, professor A.Mansurov, O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Bosh direktori, professor S.Begmatov, “O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi” kafedrasi professori R.Abdullaev, Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i B.Ashurov, “O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi kafedrasi” mudiri Ch.Ergasheva, kafedraning katta o‘qituvchilari A.Zokirov,
X.Qurbonov vaN.Ahmedovalardan iborat bo‘ldi.

Konferensiyadaishtirok etgan musiqashunoslik va bastakorlik yo‘nalishiningI bosqich talabalarining ma’ruzalari asosini O‘zbekistonning turli hududlaridan yozib olingan musiqiy folklor namunalarining tahlili, folklor jamoalarining faoliyati, ijodkorlar haqidagi ma’lumotlar tashkil etdi.

Abduhoshimov Shohbozbekning ““Chodir jamol” xalq folklor-etnografik ansambli faoliyati misolida o‘zbek musiqasi folklori bilan yaqindan tanishish” mavzusidagi ma’ruzasi I darajali diplom, Tursunboev Behzodbekning “Farg‘ona musiqiy folklor manzarasi “Farg‘ona gavhari” folklor-etnografik jamoasi ijodi misolida” ma’ruzasi II darajali diplom, Turg‘unov Asadbekning ““Nodirabegim” xalq folklor-etnografik jamoasi” mavzusidagi ma’ruzasi III darajali diplom bilan taqdirlandi.

Farg‘ona vodiysidan maxsus tashrif buyurgan “Farg‘ona gavhari” folklor-etnografik jamoasi ijrosidagi bir qator qo‘shiqlar anjumanga bayramona kayfiyat baxsh etdi.

Konferensiyada ishtirok etgan talabalarga sertifikatlar va ushbu konferensiyada o‘qilgan ma’ruzalar to‘plami taqdim etildi.

Share