Konservatoriya futbol Kubogi

Konservatoriya futbol Kubogi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida ta’lim muassasasida tahsil olayotgan talaba-yoshlar hamda ishchi xodimlar o‘rtasida sportga qiziqishlarini oshirish va ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida “Konservatoriya futbol Kubogi” sport musobaqalari an’anaviy tarzda tashkil etib kelinmoqda. Joriy yilning 11 mart kuni ushbu musobaqaning 1 davra o‘yinlariga start berildi. Turnirda ishtirok etish uchun 22 ta jamoa ariza bilan murojaat etgan bo‘lib, 1 davra bahslarida ushbu jamoalar bellashdi. Musobaqani O‘zbekiston davlat konservatoriyasi o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Mansurov Avaz Maksudovich ochib berdi hamda jamoalarga omad tilagan holda, ushbu turnir ko‘tarinki ruhda o‘tishiga tilakdosh ekanini aytib o‘tdi.

Birinchi davra bahslarda 2 bosqich “An’anaviy xonandalik”, 3 bosqich “An’anaviy cholg‘u ijrochiligi”, 4 bosqich “An’anaviy xalq cholg‘u ijrochiligi”, 2 bosqich “Damli cholg‘ulari ijrochiligi”, 3 bosqich “Damli cholg‘ulari ijrochiligi”, 4 bosqich “Damli cholg‘ulari ijrochiligi”, 2 bosqich “Musiqiy ovoz rejissyorligi”, “Fortepiano”, 4 bosqich “Akademik xonandalik” hamda “Magistrlar” jamoalari g‘oliblikni qo‘lga qiritishdi va keyingi bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi.

Bugun ikkinchi davra bahslariga start beriladi.

 

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Matbuot xizmati

Share