SEN AZIZ VA MUQADDASSAN AYOL

SEN AZIZ VA MUQADDASSAN AYOL

Bugun O‘zbekiston davlat konservatoriyasida 8-mart Xalqaro xotin qizlar kunimunosabati bilan “Sen aziz va muqaddassan ayol” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda konservatoriyada mehnat qilayotgan ayollar va talaba qizlar ishtirok etishdi. Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – konservatoriya rektori Sayfullaev Baxtiyor Sayfullaevich ochib berdi. Madaniyat vaziri o‘z nutqida barcha ayollar va qizlarni bugungi bayram bilan chin qalbdan muborakbod etib, ularga o‘zining ezgu tilaklarini bildirib o‘tdi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sohaga qaratayotgan e’tibori, shuning bilan birga sohada mehnat qilayotgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlari hususida to‘xtalib, bu ishlar chin ma’noda tahsinga sazovor ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, konservatoriyada mehnat qilayotgan ishchi xodimlar va talaba qizlardan bir guruhi faxriy yorliqlar bilan taqdirladilar. Bayram tadbiri davomida konservatoriyada faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar hamda xalqimiz ardog‘idagi san’atkorlar ishtirokidagi konsert dasturi bilan davom etdi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Matbuot xizmati

Share