BMTNING “YOSHLAR HUQUQLARI TO‘G‘RISIDA”GI KONVENSIYA LOYIHASI TARG‘IBOTI

BMTNING “YOSHLAR HUQUQLARI TO‘G‘RISIDA”GI KONVENSIYA LOYIHASI TARG‘IBOTI

Joriy yilning 22 fevral kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 18 fevraldagi №87-02-345 sonli xatiga muvofiq BMTning «Yoshlar huquqlari to‘g‘risida»gi konvensiya loyihasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Unda Shayhontoxur tumani Adliya bo‘limi katta maslahatchisiD.Ochilov, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘iF.Qurbonova, bo‘lim xodimi N.Axmadalieva, dekan muovini Q.Xabibullaev, A.Axmedovlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Davra suhbati davomida Shayhontoxur tumani Adliya bo‘limi katta maslahatchisi Doston Ochilov Birlashgan Millatlar Tashkilotining 72 sessiyasida Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev aynan bugungi masala yuzasidan ma’ruzalari hamda «Yoshlar huquqlari to‘g‘risida»gi konvensiya loyihasi ishlab chiqilganligi, unda belgilangan asosiy maqsad yoshlarning o‘z huquqlarini bilishi, ularni lavozimga tayyorlash, yoshlarda tashabbuskorlik, liderlik, notiqlik sifatlarini oshirish, o‘qishga bo‘lgan qiziqishini o‘stirish, o‘z tanlagan mutaxassisligini egasi bo‘lishiga yordam berish, bu borada yoshlarni qo‘llab quvvatlashdan iborat ekanligi ta’kidlandi.

 

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Matbuot xizmati

Share