MUSIQA – DO‘STLIKNI MUSTAHKAMLAYDI

MUSIQA – DO‘STLIKNI MUSTAHKAMLAYDI

Joriy yilning 20 fevral kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasidaO‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari Qo‘mitasi hamda “O‘zbekiston-Latviya” do‘stlik jamiyati tomonidan  “Musiqa –  do‘stlikni  mustahkamlaydi” shiori ostida mashhur latish kompozitori E.Melngaylis ijodiga bag‘ishlangan madaniy  anjuman o‘tkazildi.

Anjumanda Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari Qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Kamoliddin Ishanxodjaev “Asrlar davomida qadriyat va an’analar uyg‘unligi  ila yaqin bo‘lgan millatlar o‘rtasidagi aloqalar Mustaqillik sharofati bilan yanada keng rivojlandi. Turli sohalarda do‘stlik aloqalarining kamol topishinatijasida mamlakatlararo turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bularning barchasi xalq diplomatiyasining faoliyatidir,”- deya ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, tadbir davomida Latviya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulotda va Muxtor Elchisi – Mixails Popkovs’ham o‘z so‘zidaushbu tadbirni tashkil etilishida katta hissa qo‘shgan “O‘zbekiston-Latviya” do‘stlik jamiyatiga, Qo‘mitaga, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda konservatoriya rahbariyatigaqo‘llab-quvvatlaganliklari uchun alohida tashakkurini aytib o‘tdi.

Tadbir davomida konservatoriya qoshidagi “Xor Kapellasi”  tomonidan  E.Melngayls ijodi namunalari ijro etildi. Do‘stlikka bag‘ishlangan ushbu tadbirda xorijiy mamlakatlar elchixonalari hamda Yurtimizda faoliyat olib borayotgan jamoat tashkilotlari vakillari, madaniyat hodimlarihamdakonservatoriyada tahsil olayotgan talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbir ommaviy axborot vositalari tomonidan keng yoritildi.

 

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi

Matbuot xizmati

Share