O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “Orkestr cholg‘ulari” kafedrasi talabalari ishtirokida Maxsus fanlarni o‘qitish uslubiyoti fani asosida Konsert-ma’ruza o‘tkazildi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “Orkestr  cholg‘ulari” kafedrasi talabalari ishtirokida Maxsus fanlarni o‘qitish uslubiyoti fani asosida Konsert-ma’ruza  o‘tkazildi.

Tadbir “Ustoz va shogird” an’analariga bahishlangan bo‘lib, magistratura bosqichi bitiruvchilari  Sodiq Sobirov, Shaxriyor Berdiev, Abdulla Usmonovlarning  ushbu fan asoslarida olgan bilimlarini amaliy tomondan sahnada o‘z shogirdlari bilan namoish imkonini berdi.Fan asosida bu yo‘nalishdagi chiqish shaklan va mazmunan o‘ziga xos yangilik bo‘lib, uning o‘tkazilgan joyi ham bejiz tanlanmadi. Damli cholg‘ularda o‘qitishning poydevori aynan O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi qoshidagi Respublika iqtisoslashgan musiqa akademik litseyidir. Bugungi kunda mazkur dargohda   damli va zarbli cholg‘ular yo‘nalishida 550dan ziyod o‘quvchilar tahsil olmoqdalar. Ustoz shogird an’anali ham boshlang‘ich  jarayonda shakillanishini e’tibordan chiqarmay konsert tashkilotchilari tadbirni yuqori darajada o‘tkazishga erishdilar. Konsert-ma’ruzani Orkestr cholg‘ulari kafedrasi professori v.b. Ravshan Nigmatov olib bordi. Shuningdek, konsertmeystrlar: Farida  Obidova,Yulya Soyfer, Elvina Maxsumjonovalar  xamda R.Glier nomidagi RIMAL 6 sinf o‘quvchisi Abduqaxxorov  Abdulaziz va O‘zbekiston Respublikasi milliy gvardiya qoshidagi RIMAL talabasi Axmedov Murodlar ijroishtirok etishdi. Dasturda  jahon klassik kompozitorlari asarlari bilan birgalikda O‘zbekiston kompozitorlarini asarlarini ham ijro etildi.Tadbirdavomida  tinglovchilarni qiziqtirgan savollar va sohaga aloqador muammolarga atroflicha javoblar berildi.

Share