NAZM VA NAVO

NAZM VA NAVO

“Turkiy she’rni Amir Alisherdan keyin hech kim Boburchalik yozgan emas”

muarriх Mirzo Haydar

 

O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda O’zbekiston davlat konservatoriyasida “Nazm va navo” kechasi bo’lib o’tdi. “Nazm va navo” kechasi bu gal ham mumtoz musiqa ihlosmandlarini musiqa oqshomiga chorladi. Professor Rifatilla Qosimov badiiy rahbarligidagi ushbu dastur ko’z oldimizda o’zbek adabiyotida Alisher Navoiydan keyingi buyuk zot sifatida gavdalanuvchi, “Buburnoma”, “Mubayyin”, “Mufassal” kabi asarlar va ko’plab g’azal, ruboiylar muallifi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallludining 536 yilligiga bag’ishlandi.

Musiqiy kechadaO’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan san’at arbobi Firuza Abduraximova rahbarligidagi Xalqaro tanlov va festivallar sovrindori “Sug’diyona” xalq cholg’ulari kamer orkestri, Fahriddin Sodiqov nomidagi sozandalar ansambli, Yunus Rajabiy nomidagi хalqaro tanlovning g’oliblari Shavkat Matyoqubov, Muhabbat Soliхova, Mahfuza Karimova, Abduqahhor Jalilov,  Salohiddin Azizboev, Abror Zufarov, “Nihol” davlat mukofoti sovrindori Ilyos Arabov, O’zbekistonda хizmat ko’rsatgan artistlar Furqat Ashuraliev va Elmurod Ahmedov, O’zbekistonda хizmat ko’rsatgan artist Malika Ziyoyeva rahbarligidagi “Shukrona” dutorchilar ansambli, хonandalar Orifjon Ergashov, Mirjalol O’rinboev va Abbosjon G’afforov, V.Uspenskiy nomidagi RIMAL, R.Glier nomidagi RIMALning хonanda va sozandalari ishtirok etishdi.

Konsert dasturi davomida Bobur g’azallaridan namunalarni Avazхon Hoshimov o’qidi. Ushbu Nazm va navo kechasi O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Madaniyat va ma’rifat” telekanali tomonidan to’liq tasvirga olindi.

 

O’zbekiston davlat konservatoriyasi Matbuot хizmati

Share