UMUMXALQ HASHARI

UMUMXALQ HASHARI

Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab, umumxalq hayriya ekologik hashar ishlari davom etmoqda. Kuni kecha barcha korxona, tashkilot va muassasalar singari O‘zbekiston davlat konservatoriyasining professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari hashar ishlarida faol ishtirok etishdi. Ushbu hashar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 yanvardagi 41-F sonli farmoyishi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2019 yil 24 yanvardagi № 12-13 “s” sonli Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019 yil 25 yanvardagi № 49 sonli Buyrug‘iga muvofiq konservatoriya ichki va yon atroflarida amalga oshirildi.Unda ishtirok etganlar shahrimiz, qolaversa, ta’lim muassasasining ozodaligiga o‘z hissalarini qo‘shishdi.

 

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Matbuot xizmati

Share