TINCHLIK – ENG OLIY NE’MAT

TINCHLIK – ENG OLIY NE’MAT

          Kuni kecha O‘zbekiston davlat konservatoriyasida O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Toshkent shahar vakilligi bilan hamkorlikda “Tinchlik – eng oliy ne’mat” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Toshkent shahar vakilligi mutaxassisi Z.Sodiqov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i F.Qurbonova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisiN.Axmadalieva, O‘MI fakulteti dekani muovini A.Axmedov,O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faollari, professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

  1. Sodiqov o‘z nutqida bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan islohatlar va bunyodkorlik ishlari avvalambor yurtimizdagi tinchlik ortidan bo‘layotganligi, bu tinchlikni saqlashda har bir fuqaro mas’ul ekanligini aytib, xalqaro terrorizm va o‘zlarini islom himoyachilari deb dunyoga jar solayotgan aslida esa islomga yot g‘oyalarni amalga oshirayotgan IShID kabi terroristik tashkilotning dunyo davlatlarining suverentitetiga raxna solayotgani bugun barchani sergak bo‘lishga undashini ta’kidladi.

Tadbir doirasida talaba-yoshlar O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Toshkent shahar vakilligi mutaxassisi Z.Sodiqovga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etishdi hamda mutaxasisdan atroflicha javob olishdi.

 

 

 

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Matbuot xizmati

Share