HUQUQBUZARLIK VA JINOYATCHILIKKA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ

HUQUQBUZARLIK VA JINOYATCHILIKKA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ

30 yanvar kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida Shayxontoxur tumani ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashamiz” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Shayxontohur tumani ichki ishlar boshqarmasi podpolkovnigi Sh.Karimov, katta leytenant L.Yusuvjonov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i F.Qurbonova, bo‘limi uslubchisi N.Axmadalieva, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faollari, psixolog I.Ro‘ziev, dekan muovinlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Shayxontohur tumani ichki ishlar boshqarmasi podpolkovnigi Sh.Karimov o‘z ma’ruzasida tadbir ishtirokchilariga Huquqbuzarlik va jinoyatlarni sodir etish natijasida uning salbiy oqibatlari haqida daliliy misollar keltirdi hamda o‘tgan yillar davomida Jinoyatchilikka qarshi olib borilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib, yoshlarga tushuntirib berdi.

Tumani IIB katta leytenanti L.Yusuvjonov yoshlar bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazishga imkoniyatlar yaratilsa va ularning tarbiyasi bilan bog‘liq muammolarni qanchalik tez hal qilinsa, huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi samarali kurasha olish mumkin ekanligini aytib o‘tidi hamda har bir kishida ijtimoiy burch tuyg‘usi bo‘lishi lozimlgini ta’kidladi.

Tadbir davomida maxsus tayyorlangan video lavha namoyish etildi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Matbuot xizmati

Share