MUSIQA KECHASI

MUSIQA KECHASI

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev joriy yilning 20-22 yanvar kunlari rasmiy tashrif bilan Germaniya Federativ Respublikasida bo‘ladi va ushba tashrif doirasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy hamkorlikni rivojlantirish hamda madaniy-gumanitar, fan-ta’lim va turizm sohalaridagi aloqalarni faollashtirish kabi masalalar o‘rin olgan.

Kuni kecha O‘zbekiston davlat konservatoriyasida Davlatimiz Rahbarining Germaniyaga tashrifi hamda ikki xalq o‘ratasidagi madaniy aloqalarni yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan “Nemis musiqa oqshomi” nomli kontsert dastur bo‘lib o‘tdi. Musiqashunos Alina Kutluchurina olib borgan ushbu kontsertda xalqaro va respublika tanlovlari sovrindorlari Diana Amanbaeva, Sodiq Sobirov, Mariya Jukova, Yelena Xafizova, Bobur Mirsaidov, Aziz Ergashev, Yunus Rajabiy, Kamilla Sultanova hamda A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri yakkaxonlari Sultonbek Abduraximov, Gulnar Aldjanova va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Kirill Borchaninovlar ishtirok etishdi. Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari hamda san’at ihlosmandlari ushbu kontsert ishtirokchilarining ijro mahoratidan bahramand bo‘lishdi.

Kontsert dasturining birinchi qismi “I.S. Baxdan to G. Rapxaelgacha” deb nomlanib, unda I.S.Bax, G.F.Gendel, R.Shuman, G.Rapxaellarning ijodlariga mansub ko‘plab asarlar yangragan bo‘lsa, dasturning ikkinchi qismida I.Brams ijodiga mansub asarlar ijro etildi.

Tadbir O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston 24” hamda “Madaniyat va ma’rifat” telekanallarida keng yoritildi.

 

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi M atbuot xizmati

Share