Vatan-muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!

Vatan-muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining  27-yilligi hamda 14 yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan kuni kecha O‘zbekiston davlat konservatoriyasida “Vatan-muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostidagi bayram tadbiri tashkil etildi. Unda O‘zbekiston davlat konservatoriyasining professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari ishtirok etdi.

Tadbirni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining birinchi prorektori Avaz Mansurov ochib berdi hamda barcha yig‘ilganlarni bayram bilan muborakbod etdi. Shunday so‘ng, O‘zbekiston Respulbikasi davlat Bojxona qo‘mitasi institutining “Bojxona burgutlari” o‘zlarining harbiy chiqishlari bilan ishtirok etib, tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishlagan bo‘ladi. Konservatoriyada tahsil olayotgan talaba-yoshlardan iborat damli va zarbli cholg‘ular orkestri hamda xonandalarning chiqishlari bayramga yanada ko‘tarinkilik bag‘sh etdi.

 

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Matbuot xizmati

Share