Scopus  ma’lumotlar bazasidan foydalanish bo‘yicha seminar-trening  

Scopus  ma’lumotlar bazasidan foydalanish bo‘yicha  seminar-trening   

11 dekabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professor-o‘qituvchilari, doktorantlar hamda magistrlari uchun Elsevier kompaniyasining Scopus  ma’lumotlar bazasidan foydalanish bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi «Ta’lim muassasalarida elektron o‘qitishni joriy etish markazi» bo‘lim boshlig‘i Allanazarova Dilnoza Nurillaeva boshchiligida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Ushbu seminarning asosiy maqsadi – Oliy ta’lim muassasasida faoliyat olib borayotgan professor o‘qituvchilar va ilmiy xodimlarni, doktorantlar, magistrlar jahonda yetakchi hisoblangan ilmiy ma’lumotlar bazasi bilan ishlash, ularning imkoniyatlaridan unumli foydalanish hamda ushbu platformalarda o‘zlarining ilmiy ishlarini tadbiq etish imkoniyatlari bilan tanishtirishdan iborat.

D.Allanazarova dunyoda yirik bo‘lgan Elsevier kompaniyasining Scopus ilmiy ma’lumotlar bazasi imkoniyatlari va uning maxsulotlaridan biri hisoblangan Science Direct buyicha zarur ma’lumotlar, ulardan foydalanish, ba’zi texnik kamchiliklarni bartaraf to‘g‘risida tanishtirib o‘tdi va seminar ishtirokchilarining qiziqtirgan savollariga oydinlik kiritdi.

 

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Matbuot xizmati

 

Share