AKADEMIK AKBAR XAKIMOV BILAN ILMIY UCHRASHUV

AKADEMIK AKBAR XAKIMOV BILAN ILMIY UCHRASHUV

Joriy yilning 7-yanvar kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi hamda Badiiy Akademiya akademigi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor Xakimov Akbar Abdullaevich bilan ilmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor Sayyora Gafurova, Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Baxtiyor Ashurov, shuningdek, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, yosh ilmiy izlanuvchilar va magistr boschiqida tahsil olayotgan talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Markaziy Osiyoda tasviriy va amaliy san’at tarixi va zamonaviylik xususida 600 dan ziyod ilmiy ishlar, monografiya hamda kitoblar, albomlar muallifi akademik Akbar Xakimov 2018 yilda chop etilgan “Нетленный свет. Жизнь и творчество Чингиза Ахмарова” nomli monografiyasi misolida ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanishning mashaqqatlari va shuning bilan birga qiziqarli jihatlari haqida so‘zlab, O‘zbekiston xalq rassomi Chingiz Axmarov ijodiga mansub Alisher Navoiyning “Hamsa” dostonlari asosida yaratgan asarlari haqida uchrashuv ishtirokchilariga ko‘plab ma’lumotlarni berib o‘tdi. Ilmiy uchrashuv qiziqarli savol-javoblar va foydali ilmiy maslahatlari bilan yanada mazmunli bo‘ldi.

 

 

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Matbuot xizmati

Share