“YOShLAR ORASIDA GIYOHVANDLIK VOSITALARINING TARQALISHIGA QARSHI KURASH” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI

“YOShLAR ORASIDA GIYOHVANDLIK VOSITALARINING TARQALISHIGA QARSHI KURASH” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xuzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi tomonidan 2018 yil dekabr oyi davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy Markazi bilan hamkorlikda Toshkent shahri va viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talaba yoshlari orasida giyohvandlik va narkotik moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarning sodir etilishini oldini olish maqsadida “Yoshlar orasida giyohvand vositalarining tarqalishiga qarshi kurash”  mavzusida davra suhbati o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ana shunday davra suhbati 20 dekabr kuni O‘zbekiston davlat konservatorisida bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi eksperti S.Jabborov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i F.Qurbonova, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining konservatoriyadagi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi A.Hoshimov, fakultet dekanlarining o‘rinbosarlari A.Ahmedov, A.Ahmedov hamda Q.Xabibullaevlar ishtirok etishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi eksperti S.Jabborov ishtirokchilariga  giyohvandlik va uning salbiy oqibatlari, u orqali tarqaladigan turli kasalliklar haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.

 

 O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Matbuot xizmati

 

Share