MADANIYAT SOHASIDAGI OLIY TA’LIM MUASSASALAR O‘RTASIDA STOL TENNISI TURNIRI

MADANIYAT SOHASIDAGI OLIY TA’LIM MUASSASALAR O‘RTASIDA STOL TENNISI TURNIRI

Mamlakatimizda sport va sog‘lomlashtirishga alohida e’tibor qaratilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 5 martdagi ПФ-5368-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, talabalarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishlari hadma sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda soha oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda sport turli yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tmoqda.

Hususan, joriy yilning 18 dekabr kuni stol tennisi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Unda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Toshkent davlat milliy raks va xoreografiya oliy maktabi hamda K.Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn institutilarida tahsil olayotgan talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

O‘ziga hos qizg‘in shukuhda bo‘lib o‘tgan turnirning yakuniy natijalariga ko‘ra g‘oliblar aniqlandi va g‘olib bo‘lgan talaba-yoshlar fahriy yorliq hadm estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Matbuot xizmati

Share