Milliy armiyamiz –yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir

Milliy armiyamiz –yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir

R.Glier nomidagi RIMALda Toshkent Tibbiyot akademiyasi xuzuridagi Harbiy – tibbiyot fakulteti bilan hamkorligida joriy yilning 19 dekabr kuni “Milliy armiyamiz –yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari U.S.Azizov, Toshkent tibbiyot akademiyasi Xarbiy-tibbiyot fakulteti umumxarbiy tayyorgarlik kafedrasi mudiri, podpolkovnik O‘.Akbarov, katta o‘qituvchi, podpolkovnik X.Qosimov, litseyning YoChT o‘qituvchisi, polkovnik M.Rahmonov, Ma’naviyat bo‘limi mudiri A.Yusupovlar ishtirok etishdi. Uchrashuvda mexmonlar o‘quvchilarga mamlakatimiz mudofaasini kuchaytirish masalasi davlatimiz siyosatining eng ustivor yo‘nalishlaridan biri ekanligi, vatan himoyasida mamlakatimizning har bir fuqarosi bel bog‘lab, o‘z burchini sidqi-dildan bajarishi lozimligi ta’kidlab o‘tildi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollargi soha vakillaridan atroqicha javob olishdi.

 

Share