Diniy soha xodimlari uchun madaniy-ma’rifiy tadbir

Diniy soha xodimlari uchun madaniy-ma’rifiy tadbir

O‘zbekiston Respublikasi Prezdenti Administratsiyasining 2018 yil  12 noyabrdagi 09-2831-sonli xatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan diniy soha xodimlari, diniy ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilarini mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohatlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida joriy yilning 17 dekabr kuni Toshkent shahridagi Bektemir, Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Olmazor hamda Sirg‘ali tumanida faoliyat olib borayotgan 52 nafar Imom xatiblar O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga tashrif buyurishdi.

Ushbu tashrif davomida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Feruza Qurbonova va O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Milliy cholg‘u ishlab chiqarish ekspremental labaratoriyasi katta ilmiy xodimi G.Ergashovalar ularga hamroxlik qilishdi hamda konservatoriyasining Organ zalida ular uchun “Maxsus fortapioano” kafedrasi dotsenti, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Munira Aminova hamda “Fortapiano organ” mutaxasisligi bo‘yicha 2-bosqich magistranti Bobur Mirsaidovlar tomonidan M.Reger, I.S.Bax ijodiga munsub asarlardan namunalar ijro etildi.

Shundan so‘ng mehmonlarni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Milliy cholg‘u ishlab chiqarish ekspremental labaratoriyasi muzeyi faoliyati va undagi mavjud cholg‘u sozlar kollektsiyasi bilan tanishib, Xalq cholg‘ulari ansamblining kontsert dasturi mehmoni bo‘lishdi.

Share