Vikipediya

Vikipediya

Bugungi kunda barcha jabhalarda rivojlanishlar jadal suratda o‘sib bormoqda va bundan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi ham mustasno emas. Bu Konservatoriyaning har bir bo‘limida, har bir tasdiqlangan ishining bandida sezilmoqda. Shulardan birini, so‘zimizning tasdig‘i sifatida kunikecha bo‘lib o‘tgan Vikipediya (internet sayti) bo‘yicha Innovatsion semenar treningini misol keltiramiz.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida 7-dekabr, soat 14:00 da, 116- Ma’naviyat va ma’rifat xonasida Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i B.Ashurov tashabbusi va Nashr ishlari texnik muxarriri N.Ismoilova yordami bilan Vikipediya bo‘yicha semenar treningi tashkil etildi. Ushbu semenarga Vikipediya Bosh muxarriri, mutaxasis Raykov Aleksandr Vadimovich taklif etildi. Bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda professor-o‘qituvchilar hamda iqtidorli talabalar va magistrlar ishtirok etdilar. Semenarda Aleksandr Vadimovich  Vikipediya saytida qanday ishlash; onlayn rejimida maqola joylashtirish, tahlil qilish, texnik jihatdan to‘g‘ri ishlash va xokozolar bo‘yicha tushintirib o‘tdi. Bu semenar treningini o‘tkazishdan maqsad professor-o‘qituvchilar hamda talabalar, magistrlarni Vikipediya (internet sayti) bo‘yicha Innovatsion rivojlanishlar bilan tanishtirish va ilmiy salohiyatini yanada oshirishdir. Semenar treningi samimiy suhbat tarzida savol-javoblar bilan qizg‘in tus oldi va barchaga manzur bo‘ldi.

Share