Ijodiy uchrashuv

Ijodiy uchrashuv

Mamlakatimizda milliy maqom san’atini rivojlantirish, yosh maqom ijrochilarini izlab topish, ularni qo‘llab-quvvatlash borasida samarali ishlar olib borilayotganligi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi “Milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ-3391-sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan sohada qilinayotgan ishlar va amalga oshirilayotgan loyihalar tahsinga sazovor.

Kuni kecha O‘zbekiston davlat konservatoriyasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, ustoz san’atkor Raxmatjon Qurbonov bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Unda konservatoriyada tahsil olayotgan talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Ustoz-shogird an’analariga mos ravishda R.Qurbonov yosh maqom ijrochilariga o‘z tavsiyalari va ijrochi sifatida yoshlar nimalarga ahamiyat qaratishlari lozimligi, ijro uslublari, mumtoz yo‘llarning o‘ziga hos hususiyatlari to‘g‘risida talaba-yoshlarga o‘z fikr mulohazalari va tavsiyalarini berib o‘tdi. Uchrashuvda ishtirok etgan talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ustoz san’atkordan savol yuzasidan atroflicha javob olishdi. Bu kabi uchrashuvlar yosh ijrochilar uchun katta maydoni vazifasini bajarib bersa ne ajab.

Share