Diniy soha xodimlari bilan o‘tkaziladigan madaniy-ma’rifiy tadbir

Diniy soha xodimlari bilan o‘tkaziladigan madaniy-ma’rifiy tadbir

O‘zbekiston Respublikasi Prezdenti Administratsiyasining 2018 yil 12 noyabrdagi № 09-2831-sonli topshirig‘iga asosan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida faoliyat ko‘satayotgan diniy soha xodimlari, diniy ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohatlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida 2018 yil 3-6 dekabr kunlari Toshkent viloyati imom xatiblari va otinoylari va 17-18 dekabr kunlari Toshkent shahar imom xatiblari va otinoylarini O‘zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyati, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirish va xalq cholg‘ulari ansamblining kontsert o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu rejaga asosan 3 dekabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga 103 nafar Toshkent viloyati imom xatiblari va otinoylari tashrif buyurishdi. Tashrif davomida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Feruza Qurbonova va “Halq cholg‘ularida ijrochilik” kafedrasi professori, Sa’natshunoslik fanlari nomzodi Ozoda Toshmatova ularga hamroxlik qilishdi. Konservatoriyaning “Organ zali”da ular uchun “Maxsus fortepiano” kafedrasi dotsenti, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Munira Aminova hamda ularning shogirdi “Fortapiano organ” mutaxasisligi bo‘yicha 2-kurs magistranti Bobur Mirsaidov tomonidan “Max Reger – Indroduktsiya i pasakaliya” asari ijro etildi. Shundan so‘ng mehmonlarni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Milliy cholg‘u ishlab chiqarish ekspremental labaratoriyasi muzeyi bilan

Share