3 dekabr “Xalqaro Nogironlar kuni”

3 dekabr “Xalqaro Nogironlar kuni”

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 1 dekabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5270-sonli farmoyishi imzolangan edi.
Bu inson-oliy qadriyat hisoblangan jamiyatimizda aholining barcha qatlamlari davlatning e’tiboridan chetda qolmayotganining yana bir isbotidir.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 noyabrdagi majlisi 56-son bayonnomasiga asosan O‘zbekiston davlat konservatoriyasida 3 dekabr “Xalqaro Nogironlar kuni”ga bag‘ishlangan xayriya tadbiri tashkil etildi.
Ushbu bayram tadbirida Toshkent shahrida yashovchi 500 nafar nogironligi bor shaxslarni ishtiroki ta’minlandi. Shuningdek tadbirda O‘zbekiston davlat konservatoriyasida tahsil olayotgan nogironligi bor talabalar ham ishtirok etishdi Ushbu kontsertta halqimizning sevimli san’atkorlari ishtirok etib, tadbir ishtirokchilarining xursandchiligiga va quvonchlariga sababchi bo‘ldilar. Kontsert dasturidan so‘ng ularga bayram dasturxoni yozildi. Umid qilamizki, bunday tadbirlar 3 dekabr sanasi atrofida emas, balki davomli bo‘ladi.

Share