Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti tinglovchilarining sertifikat olish jarayonlari

Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti tinglovchilarining sertifikat olish jarayonlari

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yilga O‘zbekiston davlat konservatoriyasida O‘rta maxsus ta’lim tizimi pedagog kadrlarining malaka oshirish kurslari rejasiga ko‘ra O‘zbekiston davlat konservatoriyasida noyabr oyida “An’anaviy cholg‘u ijrochisi” va “Xalq cholg‘ulari ijrochisi” kasb yo‘nalishlari bo‘yicha tinglovchilar malaka oshirish kurslarini tamomladilar.

Chiqish testlarini muvaffaqiyatli topshirgan hamda Malaka ishini himoya qilgan tinglovchilarga sertifikatlar taqdim etish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani Dildora Saipova, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti uslubchisi Zarina Kadirova ishtirok etdilar.

Share