USTOZ OTADEK ULUG‘

USTOZ OTADEK ULUG‘

Mamlakatimizda yoshlarning zamonaviy bilim olishlari yo‘lida samarali ishlar olib borilmoqda. Yangi adabiyotlar, qo‘llanmalar bilan ta’minlangan yangi va zamonaviy talablarga to‘la javob beradigan o‘quv binolarining qurilayotganligi va jihozlanayotganligi buning yorqin namunasidir. Ayniqsa, yosh avlodni yoshligidan kasbga yo‘naltirish kabi maqsadli ishlarning samarali tashkil etilayotganligi tahsinga sazovor.

Kuni kecha Toshkent viloyati Qibray tumanidagi 28-sonli umumta’lim maktabida “Ustoz otadek ulug‘” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi o‘quv ishlar bo‘yicha birinchi prorektori, professor, taniqli kompozitor A.Mansurov ishtirok etib, maktabda tahsil olayotgan o‘quvchi yoshlar bilan uchrashdi.

Bolalar uchun ko‘plab musiqiy asarlar muallifi, O‘zbekistonning taniqli va bolajonlarning sevimli kompozitorlaridan biri A.Mansurovni o‘quvchilar katta olqishlar bilan qarshi olishdi hamda samimiy muloqotda bo‘lishdi. Maktabda tahsil olyotgan bolalar kompozitor A.Mansurov ijodiga mansub taniqli asarlardan bir nechtasini ijro qilib, asar muallifi bilan qizg‘in suhbat qilishdi va bolajonlar musiqa borasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

Share