O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamda Olmazor tuman xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 224-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamkorligida o‘tkazilgan tadbir.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamda Olmazor  tuman xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 224-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamkorligida o‘tkazilgan tadbir.

2018 yilning oktyabr-dekabr oylarida Olmazor tumani 224-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish maqsadida “Men shu aziz Vatan farzandiman!”
shiori ostida turkum ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha “YO‘L XARITASI” ijrosi yuzasidan “Ilmdan boshqa najot yo‘q” shiori ostida sinflar kesimida o‘quvchilar bilan “Musiqa va yoshlar” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuvdan oldin maktab zalida “O‘zbegim QVZ jamoasi” ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston davlat konservatorining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor Sayyora Gafurova hamda Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Baxtiyor Ashurovlar 8-sinf o‘quvchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar.

Bahs-munozaralari o‘tgan mazkur uchrashuv so‘ngida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Share