O‘quvchi-yoshlar bilan davra suhbati

O‘quvchi-yoshlar bilan davra suhbati

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi tomonidan Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, sog‘lomlashtirish va maktabda tahsil olayotgan o‘quvchilarni yoshligidan kasbga yo‘nalitirish hamda ularning ilm olishga bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshirish maqsadida bir qator samarali ishlar olib borilmoqda va tumanlardagi o‘rta ta’lim maktablarida bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

Shu kabi tadbirlardan biri joriy yilning 1-noyabr kuni Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilib, unda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori S.Azizboyev va uning rahbarligidagi talaba-sozandalar ishtirok etishdi.

Ushbu maktabda tahsil olayotgan 5-6 va 10-11 sinflar o‘quvchilari ishtirok etgan davra suhbati davomida musiqa va uning o‘ziga hos hususiyatlari to‘g‘risida maxlumotlar berildi. Davra suhbati yakunida konservatoriyaning 3-bosqich talaba-sozandalari tomonidan kichik kontsert dasturi ham namoyish etildi va ushbu kontsert o‘quvchi-yoshlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

Share