Kompozitor Nadim Norxo‘jayev bilan uchrashuv

Kompozitor Nadim Norxo‘jayev bilan uchrashuv

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi tomonidan Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, sog‘lomlashtirish va maktabda tahsil olayotgan o‘quvchilarni yoshligidan kasbga yo‘nalitirish hamda ularning ilm olishga bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshirish maqsadida bir qator samarali ishlar olib borilmoqda va tumanlardagi o‘rta ta’lim maktablarida bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi katta o‘qituvchisi, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, taniqli kompozitor Nadim Norxo‘jaev joriy yilning 2 noyabr kuni Olmazor tumanidagi 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurib, maktabda tahsil olayotgan o‘quvlar bilan suhbatlashdi. Ushbu uchrashuv davomida o‘quvchilar kompozitorlik san’ati va uning musiqa san’atidagi ahamiyati kabi mavzularda ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, taniqli kompozitor Nadim Norxo‘jaev kelajakda shu sohada mehnat qilish istagidagi o‘quvchilarga o‘zining tavsiya va maslahatlarini berib o‘tdi.

 

Share