OLMAZOR TUMANIDAGI 159-SONLI UMUMTA’LIM MAKTABIDA O‘TKAZILGAN MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR

OLMAZOR TUMANIDAGI 159-SONLI UMUMTA’LIM MAKTABIDA O‘TKAZILGAN  MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasining 2018 yil   15 oktyabrdagi № 09-2520 – sonli xati ijrosini ta’minlash hamda umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida ilm olishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida joriy yilning 2 noyabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “Orkestr cholg‘ulari va Estrada san’ati” fakulteti dekani F.Abdullaev hamda dekan o‘rinbosari Q.Xabibullaev tomonidan Olmazor tumanidagi 159 – sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 7-8-9 sinf o‘quvchilari bilan “Musiqa-ma’naviyat o‘chog‘i” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Ushbu tadbirda konservatoriyada tahsil olayotgan iqtidorli talabalaridan tashkil topgan “Torli kvartet” ansambli maktab o‘quvchilariga skripka, alt, violonchel cholg‘ulari haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tish va ushbu cholg‘ular sozlarida o‘quvchilarga kontsert dasturi taqdim etildi.

Tadbir davomida  o‘quvchilar orasida musiqa va san’at maktabida taqsil oladigan o‘quvchilar borligini aniqlandi va ular bilan doimiy ravishda ijodiy uchrashuvlar o‘tkazish hamda mahoratlarini oshirishlariga ko‘mak berish borasida kelishib olindi. Bu kabi tadbirlarning o‘tkazilishi kelajakda albatta o‘z samarasini berishi shubhasiz.

Share