XALQARO KONFERENSIYA

XALQARO KONFERENSIYA

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda madaniyat va san’at sohasiga katta e’tibor qaratilib kelinmoqda. Davlatimiz rahbarining sohaga tegishli o‘nlab qaror va farmonlari imzolanib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan samarali ishlar olib borilmoqda.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi tashabbusi bilan “XXI asr musiqa san’ati: muammo va yechimlar” mavzuidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu konferentsiya  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-innovatsion ishlanma va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018 yil 12 yanvardagi 24-sonli qarori va 2018 yil 6 martdagi 178-F-sonli Farmoyishiga asosan tashkil etildi.

Konferentsiyada Koreya, Avstraliya, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon va boshqa ko‘plab chet ellik soha mutaxasislari, olimlar ishtirok etdi. Konferentsiyaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori, professor B.Sayfullaev, O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi raisi R.Ireland, Qozog‘iston kompozitorlar uyushmasi eks prezidenti, fan doktori B.Kыdыrbek, Ozarbayjon Respublikasi xalq artisti A.Dadashev hamda Tojikiston kompozitorlar uyushmasi raisi X.Nizomovlar ishtirok etdi. Konferentsiyani O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori, professor B.Sayfullaev ochib berdi. Madaniyat vaziri B.Sayfullaev o‘z nutqida bugungi anjuman chin ma’noda ilm ahli, olimlar va soha xodimlari uchun ulkan tajriba maydoni, fikrlar almashinuvi uchun ko‘prik vazifasini o‘tashini, undan olingan ma’lumotlar kelgusida soha rivojiga katta ko‘mak berishini alohida ta’kidladi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor S.Gafurova moderatorligida o‘tgan konferentsiyaning yalpi majlisida A.Pertou (Avstraliya), Do Xong Kuan (Vetnam), F.Mashurova (Qozog‘iston), R.Abdullaev (O‘zbekiston), O.Ibrohimov (O‘zbekiston), N. Yanov-Yanovskaya (O‘zbekistan)lar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Shundan so‘ng, konferentsiya sho‘‘balarga bo‘lingan holda ishini davom ettirdi.

Share