“Mafkuraviy hayotning dolzarb mavzulari” nomli davra suhbati

“Mafkuraviy hayotning dolzarb mavzulari” nomli davra suhbati

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida tahsil olayotgan talaba-yoshlar uchun Toshkent shaxar Shayxotoxur tumani “Ma’naviyat-ma’rifat markazi” rahbari E.G‘.Jo‘rayev, konservatoriyaning “Ma’naviyat – ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash” bo‘limi uslubchisi F.Qurbonova hamda “Ijtimoiy – gumanitar fanlar kafedrasi” katta o‘qituvchisi Z.Palibayeva ishtirokida “Mafkuraviy hayotning dolzarb mavzulari” nomidagi davra suhbati tashkil etildi.

Ushbu davra suhbatida yoshlarning internetdan foydalanish madaniyati, uning ijobiy va salbiy oqibatlari hamda jahon media bozori orqali insonlarga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi.

Konservatoriya talaba-yoshlari o‘zlarini qiziqtirgan sa vollar bilan murojaat etishdi hamda Toshkent shaxar Shayxotoxur tumani “Ma’naviyat-ma’rifat markazi” rahbari E.G‘.Jo‘rayevdan javob oldilar.

Share