Olmazor tumanidagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ochiq muloqot o‘tkazdi

Olmazor tumanidagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ochiq muloqot o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasining 2018 yil 15 oktyabrdagi 09-2520-sonli xatida ko‘rsatilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “O‘zbek musiqa ijrochiligi” fakulteti dekani Nabijon Qodirov Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida ilm olishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida tashkil etilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasiga muvofiq “Musiqa ma’naviyat o‘chog‘i” mavzuida 9-sinf o‘quvchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Barcha foydali ilmlar qatorida musiqa ilmining inson hayotidagi o‘rni, uning ma’naviyatini yanada boyitishdagi ahamiyati to‘g‘risida so‘z yuritildi. O‘quvchilar mavzuga doir o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan muloqot qilishdi. Tadbir davomida “O‘zbek musiqa ijrochiligi” fakultetining iqtidorli talabalaridan iborat milliy ansambl ijrosida o‘zbek mumtoz kuy va qo‘shiqlari ijro etildi. O‘tkazilgan tadbirdan barcha o‘quvchilar mamnun bo‘ldilar.

Share