Musiqa va san’at insonlar qalbini ezgulikka undaydi.

Musiqa va san’at insonlar qalbini ezgulikka undaydi.

Xalqimizning musiqa va san’atga mehri baland. Chunki, musiqa va san’at insonlar qalbini hamisha ezgulikka va yorqin hissiyotlar sari olg‘a undaydi. San’at ihlosmandlari uchun esa yangi mavsum ochilishi eng yoqimli onlardan biri.

Kuni kecha O‘zbekiston davlat konservatoriyasi qoshidagi Musiqali teatr studiyasi jamoasining mavsum ochilishiga bag‘ishlangan kontsert dasturi bo‘lib o‘tdi.  Konservatoriya katta zalidan o‘rin egallagan har bir tomoshabin yorqin lahzalarga guvoh bo‘lib, go‘zal musiqiy asarlardan bahramand bo‘lishdi.

Dasturda muhlislar qalbidan chuqur joy egallagan jahon klassik musiqasining yorqin namoyondalari L.V.Betxoven, V.A.Motsart, D.Shostakovich, J.Offenbax kabi kompozitorlarnining asarlari ijro etildi. Kontsert dasturiga O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist S.Gafurova, O‘zbekiston va Qoraqolpog‘iston Respublikalarida xismat ko‘rsatgan artist J.Piyazov, xaqlaro va Respublika tanlovlarining sovrindorlari E.Tursunov, D.Omonova, M.Babasheva, V.Sharovatovalarning chiqishi o‘ziga hos shukuh bag‘ishladi. Kontsert yakuniga yetganligiga qaramay muhlislarning davomiy olqishlari buning yaqqol isbotidir. Bu kabi kontsertlarning o‘tkazilishi musiqa ihlosmandlari qalbiga sokinlik baxsh etib, yoqimli onlar va hush kayfiyat olib kirishi shubhasiz.

Share