Konservatoriya professor-o`qituvchilari paxta terimchilariga xush kayfiyat bag‘ishladi

Xalqimizda yaxshi bir naql bor – yaxshi dam mehnatga hamdam! Haqiqatdan ham shunday. Bugun yurtimiz paxtakorlari yil bo‘yi qilingan mehnat samarasini ko‘rish, yurtimiz iqtisodiy taraqqiyotga o‘z hissalarini qo‘shish maqsadida “oq oltin” terimi bilan mashg‘ul. Mehnatkashlarning madaniy hordiq olishlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimi xodimlari kontsert dasturlari tashkil etib, bu jarayonga o‘z hissalarini qo‘shib kelishmoqda.
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “An’anaviy cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi dotsenti Sh.Shoraxmetov, “An’anaviy xonandalik” kafedrasi katta o‘qituvchisi O‘zbekiston Respublikasi xalq xofizi Erkin Ro‘zmatov, “An’anaviy xonandalik” kafedrasi dotsenti O‘zbekiston Respublikasi xalq xofizi Maxmud Tojiboev, “An’anaviy cholg‘u ijrochiligi” v.b.professori Saloxiddin Azizboevlar viloyatlarda paxtakorlar bilan uvrashib, ularga o‘zining yorqin ijrolari bilan xush kayfiyat bag‘ishladi. Kuy, qo‘shiqlardan ilhom olgan ichshilar o‘z raqslari bilan davraga yanada fayz bag‘ishladi.
Tavsiya etilgan

“18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun” munosabati bilan o‘tkazilgan sport musobaqalari
Noyabr 19, 2019

“Til bor ekan, millat barhayot!” – O‘zbekiston davlat konservatoriyasida o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi
Oktyabr 21, 2019

Tilga e’tibor – elga e’tibor
Oktyabr 19, 2019