Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 191 umumiy o‘rta ta’lim maktabida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish maqsadida o‘tkazilgan davra suhbati

Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 191 umumiy o‘rta ta’lim maktabida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish maqsadida o‘tkazilgan davra suhbati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasining      2018 yil 15 oktyabrdagi №09-2520 sonli xati ijrosini ta’minlash hamda Umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida ilm olishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida 2018 yil 22 oktyabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “Bastakorlik, musiqashunoslik, fortepiano, akademik xonandalik, xor dirijyorligi” fakulteti dekani D.Ximmatov tomonidan Olmazor tumanidagi 191 umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9 sinf o‘quvchilari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.  D.Ximmatov davra suhbati davomida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakatimiz yoshlari har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani, ular o‘z iqtidori va salohiyatini namoyon qilishlari, yuksak ilmi, fidoyiligi bilan Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishlari uchun barcha sharoit mavjudligini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, O‘zbekiston yoshlari xalqimizning boy ma’naviy-ma’rifiy merosini, zukkoligi, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi ezgu an’analarini o‘zida mujassam etgan holda, jamiyatimizda munosib o‘rin egallamoqda. Bu jihatlar yoshlarimizning izlanuvchanligi, bilim egallashga bo‘lgan ishtiyoqi, yaratuvchanlik xislati, islohotlarimizga daxldorlik tuyg‘usi mustahkamligida namoyon bo‘ladi. Shu bois yurtimiz yoshlariga yaratilgan sharoitlar, keng ko‘lamli imkoniyatlarga, ular erishayotgan muvaffaqiyatlarga ko‘pchilik, xususan, dunyo yoshlari havas bilan qarayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

Share