Men shu aziz vatan farzandiman

Men shu aziz vatan farzandiman

Mamlakatimizda yoshlarning zamonaviy bilim olishlari yo‘lida islohotlar olib borilmoqda. Yangi adabiyotlar, qo‘llanmalar bilan ta’minlangan yangi va zamonaviy talablarga to‘la javob beradigan o‘quv binolarining qurilayotganligi va jihozlanayotganligi buning yorqin namunasidir. Ayniqsa, yosh avlodni yoshligidan kasbga yo‘naltirish kabi maqsadli ishlarning samarali tashkil etilayotganligi tahsinga sazovor.

Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, sog‘lomlashtirish va maktabda tahsil olayotgan o‘quvchilarni yoshligidan kasbga yo‘nalitirish maqsadida Toshkentda joylashgan oliy ta’lim muassasalari vakillari tomonidan targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. 

Hususan, 21-23 oktyabr kunlari Uchtepa tumanidagi 283-sonli umumta’lim maktabida “Men shu aziz vatan farzandiman” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi o‘quv ishlar bo‘yicha birinchi prorektori, professor, kompozitor A.Mansurov ishtirok etib, maktabda tahsil olayotgan o‘quvchi yoshlar bilan uchrashdi. Bolalar uchun ko‘plab musiqiy asarlar muallifi, O‘zbekistonning taniqli va bolajonlarning sevimli kompozitorlaridan biri A.Mansurov bilan suhbat o‘quvchilar uchun qiziqarli va ko‘plab ma’lumotlarga boy bo‘ldi. Muloqot chog‘ida bolajonlar musiqa borasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

Share