“Yoshlarni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” shiori ostida davra suhbati

“Yoshlarni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” shiori ostida davra suhbati

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 fevraldagi 140-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezdentining 2018 yil 4 avgustdagi PQ-3898-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ular qalbida Vatan taqdiriniga yuksak daxldorlik, shijoat va fidoyilik tuyg‘ularini shakillantirish bo‘yicha O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talaba-yoshlari o‘rtasida “Yoshlarni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” shiori ostida davra suhbati  tashkil etildi. Tadbirda Toshkent shahar veteran birlashmasi prezdyumi a’zosi, polkovnik R.P.Pardaev, O‘zbekiston veteran jangchi faxriy va nogironlar birlashmasi yetakchi mutaxasisi, Toshkent shahar bo‘limi rahbar muovini B.Raxmatullaev, Toshkent shahar Shayxontoxur tumani “Nuroniy” jamg‘armasi raisi R.Obidov, Toshkent shahar Shayxontoxur tumani “Nuroniy” jamg‘armasi raisi o‘rinbosari Q.Rasulov, Toshkent shahar Shayhontoxur tumani “Nuroniy” jamg‘armasi a’zosi R.Aminov, Shayxontohur tumani mudofa ishlari bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Sh.Holboevlar ishtirok etishdi.

Davra suhbati davomida “Unitilmagan qahramonlar” nomli hujjatli film namoyish etildi. Polkovnik R.P.Pardaev tomonidan yozilgan “Urgut tog‘ tizmalari mo‘jisasi”, “Psixologik kurash” hamda “Afganiskaya komandirovka” nomli kitoblari talabalar o‘qishlari uchun sovg‘a qilindi.

O‘tkazilayotgan bu kabi uchrashuvlar chin ma’noda yoshlarda vatanparvarlik ruhini shakllantirishi va shuning barobarida vatanni sevish, ajdodlar ruhiga hurmat tamoyillarida kamol topishlarida dasturi amal bo‘lib xizmat qiladi.

Share