Joriy yilning 5 oktyabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Uchtepa tumanida joylashgan talabalar turar joyida “Talaba-yoshlarda sog‘lom turmush madaniyatini shakllantirish” mavzuida davra suhbati tashkil etildi.

Uchrashuvda konservatoriya Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi S.Hamdamova, fakultet xotin-qizlar qo‘mitasi raisi G.Qurbonova, Uchtepa tumani “Bog‘obod” mahallasi xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassislar: D.Alixanova, S.Ibragimova, “Bog‘obod” mahallasi  kotibasi F.Oybekova, “Bog‘obod” MFY faoli A.Bayramyan hamda yotoqxonada istiqomat qilayotgan talaba-qizlar ishtirok etishdi.

Psixologiya fanlari nomzodi, dotsentG.Qurbonova o‘z nutqida o‘smirlarda sog‘lom hayot kechirishni shakllantirishning pedagogik omillari, uning ma’naviy-ruhiy negizi, ruhiy butunlik, hayotiy mazmundorlik hamda talaba-yoshlarning odob-axloqi, kiyinish madaniyati kabi masalalarga to‘xtalib, bu borada o‘zining tavsiyalari va maslahatlarini berib o‘tdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari hamda o‘zlarida kechayotgan holatlar to‘g‘risida murojaat qilishdi va atroflicha javob olishdi. 

Share