Korruptsion harakatlarni oldini olish va bartaraf etish bo’yicha davra suhbati bo’lib o’tdi

Korruptsion harakatlarni oldini olish va bartaraf etish bo’yicha davra suhbati bo’lib o’tdi

Mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish hamda kelib chiqish sabablarini bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar tomonidan samarali ishlar olib borilmoqda. Korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyaning tuzilganligi, komissiya tomonidan olib borilayotgan qator ishlar bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

Kuni kecha O‘zbekiston davlat konservatoriyasida Toshkent shahar Prokuraturasining taqdimnomasiga binoan talaba-yoshlar hamda ishchi xodimlar o‘rtasida korruptsion harakatlarni oldini olish, bartaraf etish bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori A.Mansurov, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor S.Azizboyev, tegishli mutaxasislar ishtirokida bo‘lib o‘tgan davra suhbati davomida konservatoriyada ta’lim olayotgan talaba-yoshalar va ishchi xodimlarga bu kabi illatlardan yiroq bo‘lish lozimligi, bu kabi jinoyatlar uchun jazo muqarrar ekanligi ta’kidlandi va ayniqsa san’at va madaniyat sohasi vakillari uchun bu kabi qilmishlar yuvilmas dog‘ ekanini aytib o‘tdi. O‘z navbatida konservatoriyada ham bu kabi holatlarni oldini olish maqsadida “Adolat quti”lari o‘rnatilganligi va bu rektor tomonidan jiddiy nazoratga olinganligini ta’kidlandi.

Davra suhbati davomida talaba-yoshlar ham o‘zlarining bu illatlarga qarshi ekanliklari va uning oldini olishda o‘z hissalarini qo‘shishlarini bildirib o‘tishdi.

Share