Madaniyat vaziri-O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektorining yoshlar bilan uchrashuvi

Madaniyat vaziri-O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektorining yoshlar bilan uchrashuvi

Bugun O‘zbekiston davlat konservatoriyasining katta zalida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – O‘zbekiston davlat konservatoriya rektori B.Sayfullayev konservatoriyada tahsil olayotgan 1-bosqich talaba yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuvda Madaniyat vaziri B.Sayfullayev 1-bosqich talaba-yoshlarini talabalik baxtiga musharraf bo‘lganliklari bilan yana bir bor tabriklab, o‘z nutqida madaniyat va san’atni rivojlantirishga katta ahamiyat qaratilayotganligi,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan bir qator Qaror va Farmonlar imzolanganligi hamda belgilangan vazifalar ijrosi ta’minlash yo‘lida qator ishlar va loyihalar amalga oshirilayotganlini ta’kidladi.

Shuningdek, xalqaro madaniy aloqalarni rivojlantirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgani, bularning barchasi o‘sib kelayotgan yosh avlod uchun mustaxkam poydevor bo‘lishini aytib o‘tdi. Baxtiyor Sayfullayev o‘z nutqida har bir talaba-yoshlar o‘z sohalarinng yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishlari lozimligi, keng dunyoqar ashli, teran fikrlaydigan inson bo‘lib kamolga yetishlari uchun ko‘proq o‘z ustilarida ishlashlari, mehnat qilishlari, ko‘proq kitob mutolaa qilish kerakligini maslahat berdi va bu yo‘lda ular uchun shart-sharoitlar yaratib berishi hamda ularga ko‘mak berishga, qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini e’tirof etdi.

Shuningdek, Madaniyat vazirligining Ijodkor yoshlar bilan ishlash va madaniy tadbirlarni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i J.Niyazbekov, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari F.Yunusov, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining konservatoriyadagi boshlang‘ich tashkiloti Yoshlar yetakchisi A.Hoshimovlarga talaba-yoshlar o‘z takliflari bilan murojaat qilishlari mumkinligi barchaga e’lon qilindi.Uchrashuv davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savol hamda takliflari bilan murojaat qilishdi va atroflicha javob olishdi. Bu kabi uchrashuvlar talaba-yoshlarni yanada ko‘proq mehnat, yorqinroq ijod qilishga undashi shubxasiz.

Share

Tavsiya etilgan